UzAuto Motors: Oʻzbekistonda ilk bor avtokreditni onlayn tarzda uydan turib rasmiylashtiring
Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bogʻliq. Boshlangʻich badalni koʻproq toʻlaganlar, kredit boʻyicha foiz stavkasini kamroq toʻlaydi.

UzAuto Motors kompaniyasi Infinbank bilan hamkorlikda xaridorlarga avtokreditni onlayn rejimda rasmiylashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilgan.
"Kredit stavkasi dastlabki badal puliga bogʻliq boʻlib, boshlangʻich pulingiz qancha koʻp boʻlsa, kredit boʻyicha foiz stavkangiz shuncha kam boʻladi", deyiladi xabarda.
Kreditlar Spark, Nexia, Lacetti, Tracker, Malibu, shuningdek, Trailblazer avtomobillarini xarid qilish uchun taqdim etilmoqda.
35% boshlangʻich toʻlov amalga oshirgan taqdiringizda foiz stavkasi quyidagi avtomobillar uchun 23,9% tashkil qiladi:
Spark 3 pozitsiya AT — muddati 24 oy
Nexia 3 pozitsiya AT— muddati 24 oy
Lacetti 1 pozitsiya — muddati 30 oy
Lacetti 1 pozitsiya s GBO — muddati 30 oy
Trailblazer — muddati 36 oy
Tracker MT/AT va Malibu 1,5 avtomobillari uchun boshlangʻich toʻlov 25%, kredit muddati 36 oy.
50 foizgacha boshlangʻich toʻlov amalga oshirilgan taqdirda quyidagi avtomobillar uchun foiz stavkasi yillik 18% tashkil qiladi, kreditlash muddati 24 oy:
Spark 3 pozitsiya AT — boshlangʻich toʻlov 50%
Nexia 3 pozitsiya AT— boshlangʻich toʻlov 50%
Lacetti 1 pozitsiya — boshlangʻich toʻlov 50%
Lacetti 1 pozitsiya s GBO — boshlangʻich toʻlov 50%
Trailblazer — boshlangʻich toʻlov 50%
Tracker MT/AT va Malibu avtomobillari uchun boshlangʻich toʻlov 40% tashkil qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

