| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi227 marta oʻqildi

UzAuto Motors kompaniyasi Onix avtomobilini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

2019 yilning 26 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi boʻyicha rekord natija qayd etdi.

UzAuto Motors kompaniyasi Onix avtomobilini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

2019 yilning 26 dekabr kuni UzAuto Motors kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish hajmi boʻyicha rekord natija qayd etdi.

2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qoʻyilgan boʻlishiga qaramay, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2018 yilda ushbu koʻrsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi.

Ushbu natijaga kompaniyada amalga oshirilgan texnologik uskunalar hamda ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiya qilinishi natijasida erishildi.

UzAuto Motors 2020 yilda xaridorlarga yagona platformadagi ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasi boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlab yubordi. 2020 yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6 yanvargacha vaqtincha toʻxtatiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ