«UzAuto Motors» byudjetga 582,6 mlrd soʻm yigʻim toʻlamagani aniqlandi
1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi qayd etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 460-moddasida avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yigʻim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻlanishi belgilangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4397-son qarorining 3-bandiga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi qayd etilgan.
Hisob palatasining maʼlum qilishicha, «Oʻzavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020 yil davomida yigʻim toʻlanmasdan kelinmoqda. Masalan, «UzAuto Motors» AJ tomonidan 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 mlrd soʻm yigʻim toʻlanmagan.
Shu sababli Hisob palatasi «Oʻzavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yigʻim toʻlashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligini taʼkidlamoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

