| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi450 marta oʻqildi

UzAuto Motors avtomobillarni maksimal foyda bilan xarid qilishni taklif qilmoqda

Hech kimga sir emaski, UzAuto Motors shu kunlar avtombillar uchun aksiyalar eʼlon qilib kelmoqda. 3 mart kuni kompaniya matbuot xizmati avtomobillarni maksimal foyda bilan xarid qilish taklifi bilan chiqdi.

UzAuto Motors avtomobillarni maksimal foyda bilan xarid qilishni taklif qilmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 1,5 va Tracker avtomobillarini foyda bilan xarid qilishni taklif qilmoqda.

"Faqatgina karantin davrida respublikamizning BARCHA AVTOSALONLARIDA ushbu modellarni chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin", deyiladi kompaniya xabarida.

Avtomobil xaridi uchun 100% oldindan toʻlov amalga oshirgan xaridor Malibu 1,5 avtomobili uchun 5%, Tracker uchun 10% chegirmaga ega boʻladi.

UzAuto Motors yana bir yangi aksiyani yoʻlga qoʻydi

  • Malibu- 1,5 Turbo – 278 322 334 soʻm oʻrniga 265 000 000 soʻm

  • Tracker LT A/T –222 150 992 soʻm oʻrniga 199 000 000 soʻm

  • Tracker LT M/T –189 838 121 soʻm oʻrniga 170 000 000 soʻm toʻlaysiz.

Bundan tashqari UzAuto Motors ushbu modellarni muddatli toʻlov shartlari asosida xarid qilish taklifini ham bildirmoqda. Buning uchun ushbu avtomobillarning 60 foiz summasini oldindan toʻlash, qolgan summani 1,5 yil davomida foizsiz boʻlib toʻlash mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ