| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi123 marta oʻqildi

UZ Truck and Bus Motors qoʻshma korxonasi tashkil etildi

JV MAN Auto-Uzbekistan negizida UZ Truck and Bus Motors qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Taʼsischilardan biri — Xitoyning Sinotruk kompaniyasi.

UZ Truck and Bus Motors qoʻshma korxonasi tashkil etildi

JV MAN Auto-Uzbekistan negizida UZ Truck and Bus Motors qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Taʼsischilardan biri — Xitoyning Sinotruk kompaniyasi.

«Oʻzavtosanoat», Xitoyning Sinotruk International Investment Limited va Germaniyaning MAN Truck & Bus SE kompaniyalari oʻtgan yili JV MAN Auto-Uzbekistan qoʻshma korxonasi negizida UZ Truck and Bus Motors qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvni imzoladi. Bu haqda «Oʻzavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

Buning natijasi oʻlaroq, Sinotruk kompaniyasi JV MAN Auto-Uzbekistan qoʻshma korxonasi muassislari tarkibiga kirdi va korxona ustav fondiga 12,1 mln dollar hajmida bevosita investitsiyalar kiritdi.

Sinotruk kabi sherikni tanlash ushbu texnikaning Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo bozorida mashhurligi, mahsulotning hammabopligi, sifati va keng assortimenti, shuningdek 2009 yildan buyon Sinotruk kompaniyasining 25 foiz plyus 1 aksiyasi Germaniyaning MAN Truck & Bus SE (JV MAN Auto-Uzbekistan QK muassislaridan biri) konserniga tegishli ekanligi boʻldi.

Investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 3 ming tijorat texnikasidan 6 ming donaga yetkazish, yangi modellar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va butlovchi detallarni mahalliylashtirishga yoʻnaltiriladi. Ushbu loyiha 100dan ortiq ish oʻrinlari yaratish, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan tijorat texnikasi mahalliylashtirish darajasini 50 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

«Ushbu qaror bozorni arzonroq, shu bilan birga sifatli boʻlgan, raqobatbardosh va xaridorlar uchun hamyonbop yuk avtomobillari bilan taʼminlash, respublika ichida turli brendlar oʻrtasida raqobatni oshirish, shuningdek yuk koʻtarish qobiliyati 5 tonnadan 70 tonnagacha boʻlgan, jumladan samosvallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish maqsadida qabul qilindi», — deyiladi xabarda.

2012 yilda ogʻir transport vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha JV MAN Auto-Uzbekistan yigʻuv zavodining ochilishi boʻlib oʻtgan edi. Ayni paytda kompaniya MAN rusumli shahar va shaharlararo avtobuslar ham ishlab chiqarmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ