| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

USAID Oʻzbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID Oʻzbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qoʻshimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini koʻpaytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi.

USAID Oʻzbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va unga bogʻliq tarmoqlarda xususiy sektorning oʻsishiga yordam beruvchi, umumiy qiymati 18,9 million AQSh dollariga teng boʻlgan agrobiznesni rivojlantirish boʻyicha yangi loyihasi oʻz faoliyatini boshlaganligini eʼlon qildi, deya xabar berdi AQShning respublikadagi elchixonasi matbuot xizmatiga tayanib Gazeta.uz.

Loyihaning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xizmatlarining miqdorini koʻpaytirish, aholining zaif qatlamlarini, shu jumladan, yoshlarni va ayollarni jalb qilish, taʼlim muassasalarining xususiy sektor talablari bilan bogʻlanishini taʼminlash va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilishiga qaratilgan.

USAID mamlakatning xususiy sektori bilan hamkorlikda investitsiyalarni koʻpaytirish va agrobiznes samaradorligini oshirishda koʻmaklashish bilan bir qatorda, ularning sarxil va qayta ishlanmagan mahsulotlariga qoʻshimcha qiymat qoʻshish imkoniyatlarini ham oshiradi.

Yangi loyihaning amal qilish muddati — besh yil. Loyiha shahar va qishloq joylarida amalga oshirilib. asosiy eʼtibor mintaqaviy va xalqaro savdo hamkorlariga qaratilishi mumkin.

Dastur haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Farhod Arziyev va USAID maʼmuri yordamchisi Gloriya Stilning videokonferensiyasida maʼlum boʻldi. Agentlik Oʻzbekistonda moliyalashtirishni koʻpaytirish hamda energetika, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ