“Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligi oshiriladi
“Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

“Qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (999-son, 14.12.2019 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) Oʻzbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.
Olib kiriladigan induksion pechlar va kameralarning ishlab chiqarilgan yilini tasdiqlash uchun bojxona rasmiylashtiruvida zavodning uskunani ishlab chiqarilgan sanasi koʻrsatilgan texnik pasporti taqdim etiladi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan induksion pechlar va kameralarga nisbatan tegishli bojxona imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, 2020 yil 15 yanvarga qadar qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqaradigan korxonalarning metall prokatining sifati va xavfsizligiga oid belgilangan standartlarga rioya qilish holati oʻrganiladi.
2020 yil 1 martga qadar metall prokatining sifati va xavfsizligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradigan sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

