“UNG Petro” korxonasining barcha AYOQShlarida "Yevro – 4" va "Yevro – 5" dizel yoqilgʻisi sotuvga chiqarildi
"Oʻzbekneftegaz" AJ tomonidan Oʻzbekiston tarixida ilk marta "Yevro – 4" va "Yevro – 5" yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygdi.

"Yevro – 4" va "Yevro – 5" yoqilgʻisi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga egadir.

Oʻzbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarildi
Ushbu markadagi dizel yoqilgʻisi bugundan eʼtiboran, "Oʻzbekneftgaz" AJga qarashli "UNG Petro" korxonasining Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari orqali ham sotuvga ham chiqarildi.
Korxona chakana savdo orqali kunlik 60 tonna miqdoridagi "Yevro – 4" va "Yevro – 5" yoqilgʻisini sotishni rejalashtirgan.
Eslatib oʻtamizki, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida va Fransiyaning "Axens" kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tegishli reaktorga yangi katalitik tizim oʻrnatilgan va 2020 yilning 30 mart kunidan “Yevro – 4” va “Yevro – 5” sinfidagi ekologik toza dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

