Qum-shagʻalni litsenziyasiz qazib olish mumkin
Daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish tartibi soddalashtirildi.

Daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish tartibi soddalashtirildi (12.11.2019 yildagi PQ-4518-son qarorga qarang).
Buning uchun endi litsenziya talab etilmaydi. Eslatib oʻtamiz, umumiy qoidaga koʻra, koʻrsatilgan uchastkalarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish qatʼiy litsenziyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Shu bois daryo oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish uchun litsenziyalarni endi uzaytirish yoki qayta rasmiylashtirish lozim emas. Amaldagilari esa ularning muddati tugagunga qadar kuchda boʻladi, basharti yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi cheklanmasa, toʻxtatib turilmasa yoki tugatilmasa.
Bunda daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini faqat ularni tozalash jarayonida qazib olish mumkin va FVV huzuridagi “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subʼyektlari va boshqa tashkilotlarga ruxsat berilgan.
Daryo oʻzanlarida va qirgʻoqboʻyi mintaqalaridagi istiqbolli uchastkalarda geologik oʻrganish uchun 2019 yil 1 iyul kuniga qadar litsenziyalar olgan tadbirkorlik subʼyektlari, istisno tariqasida, “Xavfsiz daryo” DUK bilan qum-shagʻal materiallarini qazib olish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishlari mumkin. Qolgan hollarda tanlash «Ye-IJRO AUKSION»da tanlov asosida elektron savdolar orqali amalga oshiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

