| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Ukrainada ilk bor Oʻzbekiston birjasining xorijiy savdo maydonchasi ish boshladi

Ayni paytda birjaning yangi savdo maydonchasi tomonidan xorijiy mijozning 500 tonna oʻsimlik yogʻini Oʻzbekiston Respublikasiga sotish boʻyicha dastlabki buyurtmasi kiritildi.

Ukrainada ilk bor Oʻzbekiston birjasining xorijiy savdo maydonchasi ish boshladi

Ukrainaning Kiyev shahrida ilk bor “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning xorijiy savdo maydonchasi ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Birjaning yangi xorijiy savdo maydonchasi taʼsischisi Ukrainaning “TREYD-BB” MChJ kompaniyasi boʻldi.

Savdo maydonchasini ochish va roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi delegatsiyasining Ukrainaga tashrifi mobaynida amalga oshirildi.

Ayni paytda birjaning yangi savdo maydonchasi tomonidan xorijiy mijozning 500 tonna oʻsimlik yogʻini Oʻzbekiston Respublikasiga sotish boʻyicha dastlabki buyurtmasi kiritildi.

Hozirgi kunda "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ xalqaro savdo tarmogʻi 15 ta xorijiy savdo maydonchalaridan iborat.

Maʼlumot uchun: Xorijiy savdo maydonchalari bu elektron birja savdolarining yagona tizimiga ulangan birjaning masofadagi savdo markazlaridir. Ular tadbirkorlarga birja savdolarida erkin qatnashish huquqini va birja bitimlarni mustaqil ravishda roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyatini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ