| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi147 marta oʻqildi

“Toʻmaris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

Oʻzbekiston va Turkmaniston chegarasidagi “Toʻmaris” koni 2018 yil avgust oyida ochilgan. Hozirda u yerdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“Toʻmaris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

Joriy yilning 11 yanvar kuni “Toʻmaris” konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga tushirildi. U yerdan sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, hozirgi kunda kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“Toʻmaris” konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Toʻmaris” koni Oʻzbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan. “Oʻzbekneftgaz” uni 2018 yil avgust oyida ochgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ