Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan (994-son, 13.12.2019 y.) Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Hukumat qarori bilan (994-son, 13.12.2019 y.) Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash bu – Oʻzbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza oʻtkazish jarayonidir.
Sertifikat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan beriladi.
Shuningdek, eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilishi mumkin.
Ekspertizani oʻtkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi toʻlaydi.
Toʻlov miqdori xizmat turiga qarab 1 sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uchun ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gacha etib belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

