| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi199 marta oʻqildi

Tovar-xom ashyo birjasi oʻtgan haftada sotilgan paxta yogʻi, shakar va benzin narxlari haqida maʼlumot berdi

27 iyul – 2 avgust kunlari ochiq birja savdolari orqali jami 707,5 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishilgan.

Tovar-xom ashyo birjasi oʻtgan haftada sotilgan paxta yogʻi, shakar va benzin narxlari haqida maʼlumot berdi

27 iyul – 2 avgust kunlari "Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 832,0 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi. Bunda sotuvlarning 85,0% - birja savdolari, 5,0% - koʻrgazma-yarmarka savdolari, 9,3% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi, deb xabar bermoqda Tovar-xom ashyo birjasi axborot xizmati.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 345,9 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 16,1 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 366 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,7 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 3,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 17,0% ikkinchi, 24,7% uchinchi, 11,5% toʻrtinchi, 15,0% beshinchi va 28,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 707,5 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

Paxta yogʻi

Oʻtgan haftada birja savdolariga 1 201,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 025,0 tonnasi, yaʼni 85,3% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 92 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 539,9 ming soʻmdan 11 004,5 ming soʻmgacha, yaʼni 4,4% ga oʻsdi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi 0,8% ga oʻsib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10 663,7 ming soʻmni tashkil etdi.

Shakar

Hafta davomida birja savdolariga 2 379,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 903,0 tonnasi, yaʼni 37,9% sotildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 850,0 ming soʻmdan 5 839,3 ming soʻmgacha, yaʼni 0,2% ga pasaydi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 0,1% ga kamayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5 843,7 ming soʻmni tashkil etdi.

Benzin

Oʻtgan haftada birja savdolariga 68 594,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 8 997,7 tonnasi, yaʼni 13,1% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 18 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 773,7 ming soʻmdan 4 608,6 ming soʻmgacha, yaʼni 3,4% ga pasaydi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4 875,7 ming soʻmni, AI-91 benzinining oʻrtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 5 529,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ