Toshkent shahri va viloyatida propiskasi boʻlmaganlar uchun uy olishga ruxsat berilganidan soʻng qancha fuqarolar uy sotib oldi?
Toshkentdan uy sotib olishdagi toʻsiqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega boʻlishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi.

1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskasi boʻlmagan fuqarolar ham koʻchmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega boʻlgan edi.

1 apreldan Toshkentda uy olish uchun propiska talab qilinmasligi mumkin
Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu imkoniyatdan oʻtgan 70 kunda foydalangan fuqarolar Toshkent shahridan 12799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirishdi.
Qayd etilishicha, notarial idoralar tomonidan ushbu davrda bu hududlarda jami rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 foizini aynan, propiskasi boshqa hududlarda boʻlgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga toʻgʻri keladi.
20 yildan ortiq amalda boʻlgan, Toshkentdan uy sotib olishdagi toʻsiqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega boʻlishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi. Koʻplab fuqarolar uyni Toshkentda propiskasi boʻlgan tanishi nomiga rasmiylashtirib, keyin «oʻz uyida ijarachi» boʻlib yashashga majbur boʻlganligi ham sir emas. Farmon qabul qilinishi bilan yaratilgan imkoniyatdan birinchi navbatda shunday fuqarolar foydalanib, uylarini oʻz nomiga rasmiylashtirishdi, deyiladi xabarda.
Propiska tizimini isloh qilish boʻyicha Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaati vaqtida topshiriq bergan edi. Davlat rahbari propiskani kishanga tenglashtirib, ushbu muammo 30 yildan buyon hal etilmayotganini taʼkidlagan edi.
Avval shunday tartib joriy etilgan ediki, unga koʻra, Toshkentda har qanday qiymatdagi yangi va qurilganiga 3 yildan oshmagan uylardan turar joy sotib olib, notarial shartnomaning 5 foizi, biroq EKIHning 10 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda davlat bojini toʻlagandan keyingina doimiy propiska olish mumkin edi. 20 may kuni davlat boji toʻgʻrisidagi qonundan ushbu stavka chiqarildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

