Timur Ishmetov: Yaqin kunlarda davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv aʼzolari faoliyat boshlaydi
Moliya vaziri muhim yangilik haqida maʼlum qildi. Uning aytishicha, yil oxirigacha davlat banklarida chet ellik mustaqil kuzatuv kengashi ekspertlari ulushi 30 foizga chiqariladi.

Prezident raisligida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirishga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda bank tizimidagi muammolarga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, pandemiya davrida iqtisodiy inqirozni hisobga olib, tadbirkorlik subʼyektlariga bir qator kreditlar berilgani, lekin yil oxiriga borib muammoli kreditlarning ulushi bir necha barobar oshib ketish ehtimoli yuqoriligi, bu bank tizimi uchun xavf keltirib chiqarishi qayd etildi. Bu borada Markaziy bank tomonidan barcha davlat banklari stress-testdan oʻtkazildi. Yaʼni, mana shunday inqiroz holati davom etsa va tegishli choralar koʻrilmasa, yil oxirigacha muammoli kreditlar ulushi koʻpayib ketishi ehtimoli borligi toʻgʻrisida xulosa berildi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank, Moliya vazirligi va tegishli banklarga topshiriqlar berildi.
Yana bir muhim yangilikni aytib oʻtishni xohlar edim. Bugungi kunda davlat banklarining kuzatuv kengashlariga jami 14 nafar mustaqil chet ellik direktorlar jalb qilingan. Yana 11 nafar mutaxassis bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Yaqin kunlarda davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv aʼzolari faoliyat boshlaydi. Yil oxirigacha davlat banklarida chet ellik mustaqil kuzatuv kengashi ekspertlari ulushi 30 foizga chiqariladi.
Bu bizga nima beradi? Aynan mustaqil direktorlar orqali biz bank rahbariyati ustidan nazoratni kuchaytiramiz. Davlat banklarida olib borilayotgan har qanday siyosat va operatsiyalar kengash tomonidan tasdiqdan oʻtkaziladi.
Bu tizim orqali mavjud muammolar oʻz vaqtida bartaraf etilib, istiqbolli loyihalarga poydevor qoʻyiladi.
Timur Ishmetov,
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

