| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi92 marta oʻqildi

Timur Ishmetov: Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2 trillion soʻm hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi

Xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Timur Ishmetov: Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2 trillion soʻm hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirildi

20 noyabr kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov Twitterʼdagi akkaunti orqali Oʻzbekiston tarixida ilk bor xalqaro moliya bozorlarida milliy valyuta – soʻmda – 2 trillion soʻm hajmida suveren obligatsiyalar London fond birjasida joylashtirilganini maʼlum qildi.

«Ushbu yutuq oʻzbek soʻmini moliya bozorlarida oʻz oʻrnini topishiga dadil qadam boʻlsin», deb yozgan Moliya vaziri.

Hukumat tomonidan 2020-2021 yillar uchun inqirozdan keyingi davrda iqtisodiyotni tiklash boʻyicha keng koʻlamli dastur qabul qilindi

Avvalroq Oʻzbekiston hukumati London fond birjasida navbatdagi yevrobondlarni joylashtirishi haqida xabar berilgandi. Bu gal AQSH dollari bilan birga, oʻzbek soʻmida ham denominatsiya qilingan xalqaro suveren obligatsiyalar chiqarilib, 750 mln dollar qarz jalb etilishi nazarda tutilgan.

Investorlar takliflariga binoan, 750 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar 2 transhda – 10 yillik muddat bilan AQSH dollarida va 3 yillik muddat bilan oʻzbek soʻmida chiqarildi.

Moliya vazirligi xabariga koʻra, London fond birjasida joylashtirish boʻyicha boshlangʻich stavkalar mos ravishda 4,25 foiz atrofida va 15,25 foiz atrofida belgilangan.

Moliya vazirligi: Navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalar London fond birjasida joylashtiriladi

Qayd etilishicha, xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutada chiqarilishi valyuta xatarlarini kamaytirishga xizmat qilish bilan birga kelajakda ichki moliya bozoriga, jumladan davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozoriga xalqaro investorlarni jalb qilish uchun zamin yaratadi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng ikkita yevrobondlar transhini joylashtirgan. Qarz obligatsiyalarining toʻlov muddati 2024 va 2029 yil fevral oylariga belgilangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ