Tijorat banklarida bank xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash tizimi joriy qilinmoqda
Ushbu tizim banklarning xizmat koʻrsatish borasida zaif nuqtlarini aniqlashga hamda mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

“2020-2025 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”ga muvofiq, Markaziy bank boshqaruvi tomonidan “Tijorat banklarida bank xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash uslubiyoti” tasdiqlandi.
“Mazkur uslubiyot asosida Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari isteʼmolchilari orasida davriy soʻrovlar oʻtkazish orqali banklarda xizmat koʻrsatish sifati baholab boriladi va ularning natijalari asosida banklarning reytingi shakllantiriladi hamda Markaziy bank rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ommaga eʼlon qilinib boriladi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Ushbu instrument banklarning xizmat koʻrsatish borasida zaif nuqtlarini aniqlashga hamda mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga va banklarning oʻz majburiyatlariga boʻlgan javobgarlik hissini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

