TIF qatnashchilaridan jarima undirish mexanizmi oʻzgarishi mumkin
QHTBT portalida rejalashtirilayotgan eksportyorlar va importyorlardan jarimalarni undirishning amaldagi tartibini oʻzgartirish muhokama qilinmoqda.

QHTBT portalida rejalashtirilayotgan eksportyorlar va importyorlardan jarimalarni undirishning amaldagi tartibini oʻzgartirish muhokama qilinmoqda.
Gap chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yoʻl qoʻygan eksportyorlar, tovarlarning olib kirilishini va ularning “Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar koʻrsatilishi taʼminlanmagan importyorlarga qoʻllanadigan sanksiyalar xususida bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, jarimalar koʻrsatilgan majburiyatlar belgilangan muddatdan keyin 30 bank kunidan koʻproq muddatda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari uchun - 60 bank kunida) bajarilmaganda undiriladi (Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 13,14-bandlari).
Hozirgi kunda jarima uch bosqichda undiriladi: muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda – 10%, 180 kundan 365 kungacha - qoʻshimcha 20%, 365 kundan ortiq - qoʻshimcha 70%. Bunda kelib tushmagan valyuta summasi (eksportyorlarda), oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar qiymati (importyorlarda) hisobga olinadi.
Amaldagi tizimni ikki pogʻonali tizimga almashtirishni taklif etishmoqda: 180 kungacha – 40%, 180 kundan ortiq - qoʻshimcha 60%. Pirovard natijada, ikkala holda ham jarimalarning umumiy miqdori 100%ni tashkil etadi (hozir – 10%+20%+70%; taklif qilinmoqda -40%+60%, tahr.). Biroq, undirish mexanizmiga tuzatish kiritish oraliq bosqichlar kesimida ancha oʻzgarishlarga olib keladi:
180 kungacha kechiktirilganda – jarima 4 baravar oshadi (10%dan 40%gacha);
180 kundan 365 kungacha kechiktirilganda – 3,4 baravar (jami 30%dan 100%gacha).
Majburiyatlarni kechiktirish muddati | Jarima miqdori | |
amaldagi tizim | taklif qilinayotgan tizim | |
180 kungacha | 10% | 40% |
180 kundan 365 kungacha | +20% | +60% |
180 kundan ortiq | +70% | — |
Jami: | 100% | 100% |
Shuningdek, eslatib oʻtamiz, yaqinda joriy etilgan qoidalarga koʻra, koʻrsatilgan sanksiyalarni oldini olish va hatto undirilgan jarimalarni qaytarish mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

