Tez yordam xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi
kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlar qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.

“Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali maʼlum qildi.

Tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 iyuldan:
– koronavirus epidemiyasi davrida normativga qoʻshimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;
– kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar oʻrniga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilanadi:
• vrach xodimlarga – 2,5 mln soʻm;
• oʻrta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln soʻm;
• haydovchilarga – 1,0 mln soʻm.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

