Tadbirkorlikning rivojlanishini «BUSINESS INDICATOR» onlayn tizimi baholaydi
Joriy yilning 1 martidan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik koʻrsatkichlarini hisob-kitob qilish va baholash uchun ushbu tizim ishga tushiriladi.

Joriy yilning 1 martidan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik koʻrsatkichlarini hisob-kitob qilish va baholash uchun ushbu tizim ishga tushiriladi. Bu Hukumatning 8.01.2020 yildagi 8-son qarorida nazarda tutilgan.
«BUSINESS INDICATOR» – bu avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – Tizim), uni ishlab chiqish tender savdolarini oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan tanlangan tashkilotga topshiriladi.
Hududda biznes rivojlanishi darajasini aniqlash uchun rasmiy statistik maʼlumotlar 17 koʻrsatkich (indikatorlar) boʻyicha 10 balli tizimda baholanadi. Ular quyidagilardan iborat: boʻsh binolar, inshootlar va uchastkalarni ajratish, EIZ va KSZdan samarali foydalanish, tadbirkorlarning mulkiy huquqining daxlsizligini, ularni kreditlash, biznesdan tushumlar ulushini taʼminlash va boshqalar. Baholash davriyligi – bir yilda ikki marta (yarim yillik va yil yakuni boʻyicha).
Rasmiy statistik maʼlumotlar masʼul organlar tomonidan quyidagi muddatlarda tizimga kiritiladi:
yarim yillik uchun – yilning 1 avgustiga qadar;
yil yakuni boʻyicha – kelgusi yilning 1 martiga qadar.
Kiritilgan koʻrsatkichlar hisob-kitobi tasdiqlangan metodika boʻyicha Tizim orqali amalga oshiriladi.
Reyting yakunlari boʻyicha koʻrsatkichlar quyidagicha baholanadi:
9 balldan 10 ballgacha - «namunali»;
7 balldan 9 ballgacha - «yaxshi»;
5 balldan 7 ballgacha - «qoniqarli»;
5 ballgacha - «qoniqarsiz».
Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi «namunali» deb topilganda, hokimlarning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, bunga jalb etilgan davlat tashkilotlari rahbarlari va boshqaruv xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi (ularning roʻyxati hujjatga ilovada keltirilgan). Natijalar «qoniqarsiz» deb topilganda intizomiy chora koʻriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

