| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi171 marta oʻqildi

Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

«Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» hukumat qarori 2020 yil 8 yanvar sanasida qabul qilindi.

Tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

«Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» hukumat qarori 2020 yil 8 yanvar sanasida qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi.

2020 yil 1 martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha «BUSINESS INDICATOR» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

Ushbu tizimni ishlab chiqish, unga texnik xizmat koʻrsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan shartnoma tuziladi.

Qaror bilan respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, baholash yarim yillik va yil yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori koʻrsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ