| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi407 marta oʻqildi

Tadbirkorlik subʼyektlariga tegishli boʻlgan obʼyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi

“Tadbirkorlik subʼyektlariga tegishli boʻlgan obʼyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2532-1, 03.12.2019 y.).

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • tadbirkorlik subʼyektlariga tegishli boʻlgan obʼyektlarning yongʻin xavfliligiga koʻra guruhlari qayta belgilandi;

  • yongʻin-profilaktika koʻriklarini rejalashtirish va oʻtkazish tartibi soddalashtirildi.

Jumladan, hozirga qadar tadbirkorlik subʼyektida yongʻin-profilaktika koʻrigini kechiktirib turish zarurati boʻlganda, bu haqda tegishli davlat yongʻin nazorati organiga koʻrik
oʻtkaziladigan kundan 10 kun oldin ariza bilan murojaat qilishi lozim edi.

Endilikda tadbirkorlik subʼyekti 10 kun oldin emas, balki, koʻrik oʻtkaziladigan kunga qadar murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, endilikda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan tadbirkorlik subʼyektiga tegishli obʼyektlarda 1 yil davomida yongʻin-profilaktika koʻrigi oʻtkazilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ