| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi84 marta oʻqildi

Tadbirkorlar diqqatiga: Davlat byudjetidan tadbirkorlik subʼyektlariga 611,6 mlrd. QQS summasi qaytarildi

2020 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini soliq toʻlovchiga qaytarishni amalga oshirmoqda.

Tadbirkorlar diqqatiga: Davlat byudjetidan tadbirkorlik subʼyektlariga 611,6 mlrd. QQS summasi qaytarildi

Karantin davrida davlat byudjetidan tadbirkorlik subʼyektlarining hisobvaraqlariga 611,6 mlrd. soʻm kelib tushdi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Bu tovarlarni eksport qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasini qoʻllagan korxonalar uchun qaytarilgan QQS summasidir.

"Inqirozga qarshi choralar sharoitda Davlat soliq qoʻmitasi tovarlarni eksport qilishda nol stavkasini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha QQS miqdorini qaytarish tartibini sezilarli darajada soddalashtirdi. Soliq toʻlovchi QQS ni qaytarish uchun shaxsiy kabineti orqali DSQ ga elektron shaklda murojaat yuborishi kifoya. Hujjatlar Davlat soliq qoʻmitasining ishchi guruhi tomonidan tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi", deyiladi xabarda.

Joriy yil 1 iyun holatiga DSQ tomonidan 804 ta ariza koʻrib chiqildi. Shundan 194 tasi Toshkent shahri, 102 tasi Toshkent viloyati, 86 tasi Andijon, 81 tasi Namangan, 73 tasi Buxoro viloyati va 34 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hissasiga toʻgʻri keladi. 661,6 mlrd. soʻmlik 336 ta ariza Moliya vazirligiga yuborildi. 468 ta ariza asoslanmaganligi va xato-kamchiliklari sababli korxonalarga qaytarildi.

Eslatib oʻtamiz, hisobotida nomuvofiqliklar aniqlangan tadbirkorlik subʼyektlari xatolarini tuzatib, QQS summasini qaytarish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.

Maʼlumot uchun, 2020 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini soliq toʻlovchiga qaytarishni amalga oshiradi. Yaʼni soliq organlari QQSni nafaqat eksport qiluvchilar, balki boshqa QQS toʻlovchilariga ham qaytaradilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ