| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi573 marta oʻqildi

Tadbirkor aholidan naqd pulni qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qoʻllaydi

2022 yildan tadbirkorlik subʼyektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga oʻtadi.

Tadbirkor aholidan naqd pulni qabul qilishda onlayn-nazorat kassa mashinasini qoʻllaydi

Oʻzbekiston hukumatining «Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda jadvalda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda oʻtadilar (istisno holatlar mavjud).

Qaror bilan, Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Oʻzbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat koʻrsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ