Subsidiya mablagʻlari mijoz tomonidan qaytarib beriladimi?
Markaziy bank kam taʼminlangan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar uchun berilgan subsidiya mablagʻlari mijoz tomonidan qaytarib beriladimi?, degan savolga javob berdi.

Cubsidiya bu – ipoteka kreditlari asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartiralarni sotib olish uchun boshlangʻich badal va /yoki kredit foizi xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilgan pul mablagʻlaridir.
Kredit toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab borilganda, subsidiya mablagʻlari qaytarib toʻlanmaydi. Yaʼni bu kam taʼminlangan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar uchun qaytarib berilmaslik tamoyili asosida beriladigan mablagʻlar.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

