Statistika qoʻmitasi tashqi savdo boʻyicha 11 oylik statistikani eʼlon qildi
2019 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 9,5 mlrd AQSh dollariga yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga oshgan.

2019 yilning yanvar-noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 9,5 mlrd AQSh dollariga yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga oshgan.
Davstatqoʻm xabariga koʻra, ushbu koʻrsatkichdan eksport hajmi 16,2 mlrd AQSh dollariga (oʻsish surʼati – 43,3 foiz) va import hajmi esa 22 mlrd AQSh dollariga (oʻsish surʼati – 27,0 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,7 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.
Oʻzbekiston jahonning 190 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,2 foiz), Rossiya Federatsiyasida (15,2 foiz), Qozogʻistonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,6 foiz), Turkiyada (5,9 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirgʻizistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.
2019 yil yanvar-noyabr oylari yakunlariga koʻra MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 13 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi va Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 34,2 foizga yetdi.
Qoʻshni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi oʻzaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 34,2 foizi, shundan eksportning 34,8 foizi va importning 33,7 foizi qoʻshni mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,8 foizga yetib (25,1 mlrd AQSh dollari) oʻtgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 42,0 foizga oshgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (550,6 mln. AQSh dollari), Qirgʻiziston (494,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (150,5 mln. AQSh dollari), Fransiya (53,5 mln. AQSh dollari) va Eron (9,1 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

