| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi174 marta oʻqildi

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobilini ishlab chiqarish toʻxtatiladi

Rustam Qodirov 2022-2023 yillarga qadar Oʻzbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin toʻxtatilishini aytdi.

Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobilini ishlab chiqarish toʻxtatiladi

Oʻzbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin toʻxtatiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi prezident qarori ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

«Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida «Oʻzavtosanoat» AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, — dedi kompaniya strategik rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi Rustam Qodirov. — Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi».

Rustam Qodirov 2022-2023 yillarga qadar Oʻzbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin toʻxtatilishini aytdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ