| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi65 marta oʻqildi

Soʻm yil boshidan buyon 7,2 foizga qadrsizlandi

Markaziy bank 2020 yilning dastlabki yarim yilligida ichki valyuta bozori boʻyicha qisqacha sharxini eʼlon qildi.

Soʻm yil boshidan buyon 7,2 foizga qadrsizlandi

Yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozoridagi holat xorijiy valyutaga boʻlgan talab hajmining oʻsishi hamda taklif hajmining nisbatan kamayishi sharoitida shakllandi.

Joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga oʻsdi.

Dastlabki 6 oyda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga boʻlgan talab oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga oʻsib, 6,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xalq isteʼmoli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi – xorijiy kreditlarni soʻndirish, qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln. AQSh dollariga) oshdi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd. AQSh dollari sotib olinib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar oʻsdi.

Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2 mlrd. AQSh dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib, mazkur davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida boʻldi.

Hisobot yili boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ