| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi272 marta oʻqildi

Senat davlat boji toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining shanba kuni boʻlib oʻtgan 25-yalpi yigʻilishida «Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonun maʼqullandi, deya xabar berdi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Senat davlat boji toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining shanba kuni boʻlib oʻtgan 25-yalpi yigʻilishida «Davlat boji toʻgʻrisida"gi qonun maʼqullandi, deya xabar berdi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Hujjat Soliq kodeksi yangi tahrirda ishlab chiqilishi munosabati bilan, shuningdek davlat bojini belgilash, undirish, undan ozod qilish va uni qaytarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonunga koʻra davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir.

Oʻzbekiston konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan konsullik yigʻimi, ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat koʻrsatish belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan patent boji davlat boji turlari jumlasiga kiradi.

Bunda vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilar hisoblanadi.

Qonunda davlat boji undiriladigan obʼyektlar va davlat boji stavkalarining miqdorlari nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda, iqtisodiy sudlarda va maʼmuriy sudlarda, notarial harakatlar amalga oshirilganda, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishda, shu jumladan xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish va berishda, konsullik yigʻimini toʻlashda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish tartibi va ozod qilinadigan shaxslar roʻyxati belgilanmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ