| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Sardobada zarar koʻrgan ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun 129,7 mlrd. soʻm ajratildi

Ofat natijasida zarar koʻrgan markazlashgan ichimlik suvi obʼyektlari qayta tiklanmagunicha talafot koʻrgan aholi punktlariga 53 ta maxsus suv tashish transportlari yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Sardobada zarar koʻrgan ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun 129,7 mlrd. soʻm ajratildi

27 avgust kuni AOKAda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi vakillari ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Aliposha Ahmedov Sardoba fojiasidan zarar koʻrgan tumanlarda ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

“Ofat natijasida zarar koʻrgan markazlashgan ichimlik suvi obʼyektlari qayta tiklanmagunicha talafot koʻrgan aholi punktlariga 53 ta maxsus suv tashish transportlari yordamida ichimlik suvi yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyildi. Markazlashgan ichimlik suv taʼminoti tizimini qayta tiklash uchun 16 ta loyiha doirasida diametri 50 mm dan 450 mm gacha boʻlgan 103,3 km magistral va ichki ichimlik suv tarmoqlari tortildi, 18 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilindi va qurildi, 4 ta oqova suv tozalash inshootlari qurildi hamda 15 km oqova suv tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 332 ta kuzatuv va abonent qudugʻi, 36 ta energiya tejamkor nasos uskunasi oʻrnatildi, 8 ta suv minorasi va tik quduq qurish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Ushbu maqsadlarda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 129,7 mlrd. soʻm, shu jumladan 65,5 mlrd soʻm ichimlik suv inshooti va tarmoqlari rekonstruksiyasiga va 64,2 mlrd. soʻm yangi qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning ichimlik va oqova suv inshooti va tarmoqlari qurilishi uchun ajratildi.

Bajarilgan ishlar natijasida 31 200 nafardan ortiq aholi toza ichimlik suv bilan taʼminlanadi. Shundan 16 000 nafarga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ilk bor taʼminlandi. Oqova suv xizmatlari bilan 15 200 nafardan ortiq aholi qamrab olindi. 470 dan ortiq xonadon ichimlik suviga ulandi va xonadonlarga suv hisoblagich uskunalari oʻrnatilmoqda. Barcha obʼyektlarda oʻrnatilgan asbob-uskuna va jihozlarni qurilgan inshootlar bilan birga kompleks (quvurlarni gidravlik) sinovdan oʻtkazish ishlari olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar pudratchi tashkilotlar tomonidan bartaraf etilmoqda”, deya maʼlumot berdi Ahmedov.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ