| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi138 marta oʻqildi

SamISIda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlish imkoniyatlari haqida suhbatlashildi

Kecha, 8 yanvar kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassisi X.Asadov bilan institut professor-oʻqituvchilari, talabalar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda markaz mutaxassisi mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy siyosat va soʻnggi yillardagi ijobiy oʻzgarishlar haqida soʻz yuritdi.

- Mamlakatimizda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) qoʻshilish haqidagi fikrlar koʻpgina bahs-munozalarga sabab boʻlmoqda, - dedi H.Asadov. - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi xalqaro huquq subʼyekti maqomiga ega iqtisodiy integratsiyalashgan mintaqaviy xalqaro tashkilotdir. Ushbu tashkilot modernizatsiya va kooperatsiya qilish orqali aʼzo davlatlar milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish hamda aholi turmush farovonligi darajasini koʻtarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Mazkur xalqaro tashkilotga aʼzo boʻlinsa, iqtisodiyot sohalarida muvofiqlashtirilgan yagona siyosat amalga oshiriladi.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun jiddiy qadamlarni qoʻyish vaqti yetdi. Bu jarayonni xalq bilan birgalikda, hamnafas boʻlib amalga oshirish har qanday davlatni yuksaltiradi.

Bahs-munozalarga boy boʻlgan tadbirda talaba-yoshlar tomonidan YeOIIga aʼzo boʻlishning ijobiy va salbiy oqibatlari haqida savollar berildi. Soha mutaxassislari talabalarning savollariga atroflicha javob berishdi.

Manba: http://zarnews.uz/

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ