Samarqandda xorijiy investor tomonidan quyosh elektr stansiyasi quriladi
Quyosh elektr stansiyasi Fransiyaning TOTAL Eren SA kompaniyasi tomonidan loyihalashtiriladi, quriladi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilinadi.

Fransiya korxonasi Samarqandda quyosh elektr stansiyasi quradi. Bu haqida Prezident qarori imzolandi.
BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida fotoelektrik stansiyasi quradi
Umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrstansiya Fransiyaning TOTAL Eren SA kompaniyasi tomonidan loyihalashtiriladi, quriladi va 25 yil davomida ekspluatatsiya qilinadi. Oʻzbekiston Hukumati nomidan ushbu loyihada Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligi ishtirok etadi.
Xorijiy investor tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonda Tutly Solar MCHJ tashkil qilingan. Ushbu korxona dastlabki bosqichda quyosh elektr stansiyasi loyihasini ishlab chiqadi.
Prezident qarorida quyosh elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan energiya toʻliq hajmda Oʻzbekiston “Milliy elektr tarmoqlari“ tomonidan xarid qilinishi belgilab qoʻyilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

