| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Rossiyaning "Mir" toʻlov tizimidan Uzcard bank kartalariga pul oʻtkazish imkoni yaratildi

Rossiyaning "Mir" toʻlov tizimi Uzcard bank kartalariga toʻgʻridan toʻgʻri toʻlovlarni amalga oshira boshladi. Pul oʻtkazishning ushbu usuli bilan mijozlar komissiya toʻlovlari xarajatlarini 1% dan 3% gacha tejashlari mumkin.

Rossiyaning "Mir" toʻlov tizimidan Uzcard bank kartalariga pul oʻtkazish imkoni yaratildi

“Mir” - Rossiya Milliy toʻlov kartalar tizimi MDH davlatldariga kartadan kartaga pul oʻtkazish tizimini ishga tushirmoqda.

Rossiyada bunday xizmatni birinchilardan boʻlib "Pochta Bank" va "Bank Russkiy Standart" taqdim etmoqda. Bu foydalanuvchi uchun odatiy pul oʻtkazish xizmatlaridan koʻra qulay va arzonroq boʻladi. Pul oʻtkazishning ushbu usuli bilan mijozlar komissiya toʻlovlari xarajatlarini 1% dan 3% gacha tejashlari mumkin.

Xususan, Oʻzbekistonning Uzcard va Qirgʻizistonning ELKART bank kartalariga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlovlarni 29 iyundan boshlab oʻtkazish mumkin. Pul oʻtkazma komissiyasi 1% atrofida, valyuta almashtirish kursi esa Markaziy bank kursiga yaqin boʻladi.

Rossiya Markaziy banki xabariga koʻra, 2020 yilning 1 kvartalida Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari miqdori 759 mln dollarni tashkil qilgan (MDHda 1-oʻrin), Qirgʻizstonga – 359 mln. Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari oʻtgan yilning ushbu davriga nisbatan 7%ga kamaygan, Qirgʻistonga esa – 22 %ga.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ