| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi55 marta oʻqildi

Rossiyadan yuk tashuvchi teplovozlar keltirildi

Rossiyadan Oʻzbekistonga temir yoʻlga oid ilk magistral yuk tashuvchi teplovozlar joʻnatildi

Rossiyadan yuk tashuvchi teplovozlar keltirildi

Rossiyaning Bryansk mashinasozlik zavodi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati"ga ikkita magistral yuk tashuvchi teplovozlar joʻnatdi.

Ushbu teplovozlar Rossiyadan Oʻzbekistonga joʻnatilgan temir yoʻlga oid bu rusmdagi texnikalarining ilk namunasidir.

Zavod vakillarining bergan maʼlumotiga koʻra, yangi teplovozlar ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirgan holda poyezdlarning oʻrtacha vaznini koʻpaytirish, hamda yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi.

Undan tashqari ushbu texnika har qanday tabiiy-iqlim sharoitida ham bemalol ishlay oladi. Shu bilan birga lokomotiv brigadasining yuqori darajadagi mehnat sharoitini ham har qanday ob-havo sharotida taʼminlash imkonini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ