| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi541 marta oʻqildi

Oʻrmon xoʻjaliklarida zaʼfaron gullarini yigʻib-terib olish mavsumi boshlandi

Zaʼfaron (shafran) dunyoning koʻp mamlakatlarida tijoriy maqsadda katta maydonlarga ekib parvarishlanadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ham zaʼfaron yetishtirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻrmon xoʻjaliklarida zaʼfaron gullarini yigʻib-terib olish mavsumi boshlandi

Zaʼfaron (shafran) dunyoning koʻp mamlakatlarida tijoriy maqsadda katta maydonlarga ekib parvarishlanadi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda ham zaʼfaron yetishtirishga eʼtibor qaratilmoqda.

Prezidentning 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida zaʼfaron oʻsimligi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyolarini tayyorlash boʻyicha topshiriq berilgan va vazifalar belgilab olingan edi.

Mazkur topshiriq boʻyicha 2017 yili Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda “Brand Investment Group” MChJ tomonidan Niderlandiyadan 36,4 tonna zaʼfaron oʻsimligining tuganak piyozi keltirilib, Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi hududi 5 gektar maydonda zaʼfaron oʻsimligining onalik plantatsiyalari tashkil etildi.

2018 yilda esa respublika boʻylab 14 ta oʻrmon xoʻjalik yerlarida jami 25.7 gektar oʻrmon fondi maydonda zaʼfaron tuganak piyozlari ekish ishlari amalga oshirilib, plantatsiyalar barpo etilgan. Bugungi kunda ushbu maydonlarda dorivor shafran oʻsimligini parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

2019 yilda esa 30 ta oʻrmon xoʻjaliklarida 65 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyalari barpo etilib bu koʻrsatkich 2018 yildagiga nisbatan 39.3 gektar koʻp maydonni tashkil etadi.

Hozirgi kunda Andijon viloyatida 5,3 gektar, Toshkent viloyatida 14,2 gektar, Fargʻona viloyatida 4 gektar, Namangan viloyatida 7,6 gektar, Jizzax viloyatida 7 gektar, Samarqand viloyatida 21 gektar, Qashqadaryo viloyatida 13 gektar, Surxondaryo viloyatida 17,5 gektar, Navoiy viloyatida 6 gektar jami 95,6 gektar oʻrmon fondi maydonlarda zaʼfaron oʻsimligi plantatsiyalari barpo etildi.

Zaʼfaron oʻsimligidan yildan-yilga koʻproq xomashyo olish mumkin. Hozirgi kunda yuqoridagi maydonlardan oʻrtacha 50 kilogramm atrofida eksportbop zaʼfaron guli xomashyosini tayyorlash kutilmoqda.

Zaʼfaron oʻsimligi xomashyosining tibbiyot va oziq – ovqat sanoatidagi ahamiyati juda katta. Oziq-ovqat sanoatida shafran gulchanglaridan turli hil mahsulotlarga rang, hid va taʼm beruvchi ziravor sifatida foydalaniladi.

Zaʼfaron dorivor oʻsimligi burishtiruvchi va erituvchi boʻlib, yetiltiruvchi xususiyati ham bor. Issiqligi moʻʼtadil boʻlganligi uchun tomirdagi har xil tiqilmalar yoki tromblarni davolashda foydalaniladi. Ichki aʼzolarni kuchaytiradi, tana terisi rangini chiroyli , koʻzni ravshan qiladi va yurak faoliyatini kuchaytiradi. Balgʻam koʻchishini osonlashtirib, nafas aʼzolarining faoliyatini bir maromga soladi. Zaʼfaron xomashyosi tarkibida karotinoidlar, flavonoidlar, efir moylari, V, V2 vitaminlari, yogʻ azotli moddalar, qandlar, kaliy va kalsiy birikmalari mavjud.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ