| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi138 marta oʻqildi

“Renova” Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurmoqchi

Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar oʻtkazdi.

“Renova” Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyalarini qurmoqchi

“Renova” kompaniyalari guruhi Oʻzbekistonda quyosh elektr stansiyalari qurish boʻyicha oʻtkazilayotgan tenderlarda qatnashish hamda quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar oʻtkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“Rossiya tomoni tajriba almashish, shuningdek, Oʻzbekistondagi loyihalarda ishtirok etish, quyosh elektr stansiyalari qurish boʻyicha oʻtkazilayotgan tenderlarda qatnashish, qolaversa, Oʻzbekistonda quyosh batareyalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish, keyinchalik respublikada amalga oshirilayotgan loyihalarda ulardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqishni taklif etdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida “Raqamli konlar” platformasi negizida uglevodorodlarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha milliy markaz yaratish, Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya sohasida hamda zarur texnologiyalarni yetkazib berish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

“Renova” kompaniyalari guruhi oʻrnatilgan quvvati 14 GVtga teng Rossiyadagi yirik xususiy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi boʻlib, mamlakatning 20 ta hududida faoliyat koʻrsatadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ