| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi119 marta oʻqildi

Qoʻy goʻshti 75 ming soʻmgacha sotilmoqda

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 3 iyun holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolarini eʼlon qildi.

Qoʻy goʻshti 75 ming soʻmgacha sotilmoqda

Koʻrsatilgan narxlar respublika bozorlarida eng arzon va eng qimmat narxlar hisoblanadi.

Tibbiy niqob: Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.

Antiseptik gel: Qashqadaryoda ming soʻm boʻlsa, Navoiy viloyatida 15 ming soʻmgacha.

Mahalliy un birinchi navi: Qoraqalpogʻiston 2500 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Qolipli non: Qoraqalpogʻiston va Andijon, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida 1250 soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.

Makaron: Andijon viloyatida 3000 soʻm, Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida 9 ming soʻm.

Shakar: Fargʻona, 5 ming soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.

Oʻsimlik yogʻi: Namangan viloyatida 8 ming boʻlsa, Buxoroda 14 ming soʻm.

Xoʻjalik sovuni: Namangan viloyatida 1000 soʻm, Toshkent shahrida 4000 soʻm.

Tuxum: Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.

Mol goʻshti: Qashqadaryo viloyatida 40 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.

Qoʻy goʻshti oʻrtacha hisobda: Toshkent shahrida 39 ming, Toshkent viloyatida 70 ming, Toshkent shahrida 75 ming soʻmgacha.

Tovuq goʻshti: Andijon viloyatida 10 ming soʻm, Toshkent shahrida 24 ming soʻm.

Guruch: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahrida 16 ming soʻmdan.

Kartoshka: Surxondaryo viloyatida ming soʻm, Toshkent vilotida 6500 soʻm.

Piyoz: Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent va Samarqand viloyatida 4000 mig soʻm.

Sabzi: Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent shahrida 3500 soʻmgacha.

Sarimsoq piyoz: Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini

himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

axborot xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ