| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi167 marta oʻqildi

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar boʻyicha oʻrtacha narxlari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 30 iyun holatiga Respublikada isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari koʻrib chiqildi.

Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar boʻyicha oʻrtacha narxlari

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlandi:

Goʻsht va sut mahsulotlarining eng yuqori narxi Toshkent shahrida qayd etildi.

Shunday qilib, 1 kg mol goʻshtining narxi Toshkent shahrida 64 350 soʻm va Toshkent viloyatida 55 797 soʻmni tashkil etdi. Mol goʻshtining eng past narxi Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 44 416 soʻm va Surxandaryo viloyatida – 46 599 soʻmni tashkil etdi. Respublikaning boshqa hududlarida narxlar ushbu koʻrsatkichlar orasida turlicha boʻlgan.

Maʼlumot uchun: Respublika boʻyicha mol goʻshtining oʻrtacha narxi (1kg) 50 474 soʻmni tashkil etdi (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 31% yoki 10 998 soʻmga oʻsish). Qoʻy goʻshtining oʻrtacha narxi (1kg) 34 % ga oshdi va 52 483 soʻmni tashkil etdi (oʻtgan yilning shu davrida 39 863 soʻmga teng boʻlgan). Tuxum narxi (10 dona) 48 foizga oʻsdi va 8 322 soʻmni tashkil etdi, oʻtgan yili xuddi shu davrda narxlar 5 605 soʻmni tashkil etgan. 1 kg baliq narxi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5% ga pasaydi.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sabzavot narxlarida (kartoshka va bodring bundan istisno) pasayish kuzatildi. Yaʼni tez buziladigan mahsulotlarga talab pasayib, bunday mahsulotlar narxi pasaygan.

Maʼlumot uchun: piyozning oʻrtacha narxi (1kg) 2020 yil 30 iyunda 1 569 soʻm (ga tushgan oʻtgan yilning mos davriga nisbatan -45 %), karam (1kg) 1 151 soʻm (-37 %), sabzi (1kg) 2 108 soʻm (-15 %), pomidor (1kg) 3 601 soʻmni tashkil etgan. Kartoshkaning oʻrtacha narxi (1 kg) oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59 % ga oshdi va 3 612 soʻmni tashkil etdi. Bodring narxi 23%ga oshdi va 1 kg 2 527 soʻmni tashkil etdi.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan poliz ekinlarining oʻrtacha narxi oʻsishi kuzatildi.

Maʼlumot uchun: tarvuzning oʻrtacha narxi 19% ga, uzum 37 % ga, qovun va qovoq 17 % ga oʻsdi.

Boshqa mahsulotlar bilan taqqoslaganda dukkakli maxsulotlarning narxi barcha mahsulotlarga qaraganda sezilarli darajada oshdi. Yaʼni, mazkur turdagi mahsulotlarga aholi talabi sezilarli oshdi.

Maʼlumot uchun: 2019 yilda loviya (1kg) 8 614 soʻmni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning 30 iyun holatiga 15 729 soʻmni tashkil etgan (oʻsish 83%). Mosh 46 % ga, noʻxat 4 % ga oʻsdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va isloxatlar markazining

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ