| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi112 marta oʻqildi

Qishloq xoʻjaligi klasteri Jizzax viloyatidagi yerlarni sugʻorishga 8,8 million dollar sarmoya kiritdi

Jizzax organic Jizzax klasteri Oʻzbekistonda birinchi boʻlib Amerikadagi Valley kompaniyasining soʻnggi avlod sunʼiy yomgʻir qurilmalarini olib keldi. Ushbu usul yerlarni oqilona sugʻorishni yoʻlga qoʻyish va klasterning goʻsht mahsulotlarining narxini pasaytirishga imkon beradi.

Qishloq xoʻjaligi klasteri Jizzax viloyatidagi yerlarni sugʻorishga 8,8 million dollar sarmoya kiritdi

Sentyabr oyidan boshlab Oʻzbekistonda Amerikaning "Valley " kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sunʼiy yomgʻir innovatsion qurilmalari ishlay boshlaydi. Texnikaning birinchi partiyasi Oʻzbekistonga yetib keldi. Yetkazib berish qiymati 8,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.

"AQShdan sunʼiy yomgʻir qurilmalarning import qilinishi Vazirlar Mahkamasining "Jizzax viloyatida goʻsht va sut mahsulotlarining agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarishda navbatdagi qadamdir. Xususan, ushbu uskuna yer unumdorligini 30 foizga oshiradi va hayvonlarning ratsioni narxini 25-30 foizga kamaytiradi, bu esa goʻsht va sut narxlariga bevosita taʼsir qiladi. Ushbu qurilmalarda soʻnggi avlod texnologiyalari qoʻllanilgan boʻlib, ular maksimal darajada samarali va tejamkordir ”, - deya taʼkidladi, Jizzax organic direktori Hikmatilla Karimov.

Yangi sugʻorish kompleksi bu yili 600 gektar yaylov yerni qamrab oladi. Ayni damda Valley sunʼiy yomgʻir uskunalari uchun kerak boʻladigan plastik quvirlarni oʻrnatish ishlarining 40%i yakunlandi. Klaster, shuningdek, Jizzax viloyati sugʻorish tizimini yanada yaxshilash borasida ham boshqa qator ishlarni amalga oshirmoqda: nasos stansiyasini qurish ishlari oʻzining soʻngi pallasi kirdi va qoʻshimcha 6,2 km magistral quvurlar yotqizildi.

“Bizning qishloq xoʻjaligi klasteridagi qoramollar va sigirlar yaylovda erkin oʻtlatiladi, buning uchun esa sifatli yem-xashak bazasiga ega keng yaylovlar kerak. Biz yerlarga yaylov oʻtlaridan ekamiz va Jizzaxning quruq iqlimini sugʻorish tizimi orqali yaxshilashga harakat qilmoqdamiz. Valley texnikasining innovatsion xususiyati bu masofadan boshqarish modullaridir. Maʼlumki, hayvonlar odamlar bilan har safar toʻknash kelsa stressga tushadi, shuning uchun bizning klasterimizda operator ofisda oʻtirib, uyali aloqa vositasi yoki kompyuter yordamida sugʻorish jarayonini boshqaradi va nazorat qiladi”, - dedi Jizzax organic direktori Hikmatilla Karimov.

2021 yilda kompaniya yana 300 gektar yaylov maydonlariga Valley sunʼiy yomgʻir qurilmalarini oʻrnatishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun

«Jizzax organic» MChJ XK Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyuldagi 619-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning ishi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sektorini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. «Jizzax organic» MChJ XK chorvachilik, oʻsimlikshunoslik va seleksiya-genetika ishlari bilan shugʻullanadi. Jizzax qishloq xoʻjaligi klasteriga investitsiyalar summasi 150 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ