| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi148 marta oʻqildi

Qashqadaryoda GTL texnologiyasi asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi

«Hyundai Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida GTL texnologiyasi asosida qiymati 3,6 milliard dollarlik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

Qashqadaryoda GTL texnologiyasi asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqariladi

14 may kuni «Oʻzbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev «Hyundai Engineering Co., Ltd.» prezidenti janob Kim Chen-xak bilan videokonferensiya aloqa orqali muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati xabar qildi.

Muzokara davomida kompaniya rahbariyati Qashqadaryo viloyatida GTL zavodini qurish loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Tomonlar belgilangan muddatda zavod qurilishini yakunlash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini kelishib oldilar.

Shuningdek, Mehriddin Abdullayev COVID-19 koronavirusi pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga qaramay, «Hyundai Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan GTL loyihasi boʻyicha oʻz vaqtida va toʻliq koʻrilayotgan chora-tadbirlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Videokonferensiya aloqa yakunida tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish hamda hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga kelishdilar. Eslatib oʻtamiz, «Hyundai Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida GTL texnologiyasi asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasining bosh pudratchilaridan biri hisoblanadi.

Qiymati 3,6 milliard dollarlik ushbu loyiha yiliga 3,6 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlaydi va 1,5 million tonna yuqori sifatli sintetik yoqilgʻi ishlab chiqaradi. GTL zavodning qurilish-montaj ishlarini yakunlash 2020 yilning dekabr oyiga moʻljallangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ