Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi135 marta oʻqildi
Pandemiya sharoitida toʻqimachilik sanoati oʻzini qanday qilib saqlab qoldi?
Turli mamlakatlarda pandemiya oqibatida paxta narxining pasayishi, eksport va import hajmining pasayishi, yetkazib berish zanjirining uzilishi va ishlab chiqarishni toʻxtatilishiga olib keldi.
Toʻqimachilik sanoating soʻngi yillarda erishgan muhim yutuqlaridan biri bu paxta-toʻqimachilik klasterlar tizimini joriy etilishi boʻldi.
Dastlab 2017 yilda toʻqimachilik korxonalari tomonidan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba tariqasida klaster tizimi joriy etildi. 2018 yilda respublikamizning boshqa hududlarida ham tajriba ommalashtirilib 15 ta, 2019 yilda 75 ta klaster tashkil etildi. Ular tomonidan 88 ta tumanda 677,5 ming gektar yoki 66 foiz maydonda paxta xomashyosi “klaster” usulida yetishtirilib, jami 2,045 million tonna (yalpi hosilga nisbatan 73% va rejaga nisbatan 100%) paxta xomashyosi tayyorlandi. Bundan tashqari 9,4 ming gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlari va 311 ta yangi suv nasoslari oʻrnatildi. Shuningdek, 12,6 ming dona qishloq xoʻjaligi texnikasi va 232 ta yuqori unumli paxta terish mashinasi sotib olindi.
Ijobiy tajribadan kelib chiqib, 2020 yilda paxta toʻqimachilik klasteri soni 96 taga, yer maydonlari esa 913 017 gektarni tashkil etmoqda. Bu respublikadagi paxta xom ashyosi yetishtirladigan yer maydonlarining 88,4 foiz tashkil etadi.
2020 yilda sanoatning rivojlanish istiqbollari
Bir necha oylar davomida pandemiya global iqtisodiyotga faol taʼsir koʻrsatmoqda. Turli mamlakatlarda pandemiya oqibatida paxta narxining pasayishi, eksport va import hajmining pasayishi, yetkazib berish zanjirining uzilishi va ishlab chiqarishni toʻxtatilishiga olib keldi. Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun favqulodda choralarni koʻrishga majbur boʻlindi. Ushbu jarayon Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini cheklab oʻtmadi.
Oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida korxonalar faoliyati qayta tiklandi va barcha ish oʻrinlari saqlab qolindi, mahsulotni ishlab chiqarish va eksport suratlari oʻsishda davom etdi.
Bundan tashqari mavjud karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari aholiga himoya niqoblari va kombinezonlarini yetkazib berib, ularning kunlik ishlab chiqarilishini 6 mln.donadan oshirishga erishdi, aprel oyining oʻrtalaridan esa himoya niqoblari Rossiya, Ukraina, Fransiya, Quvayt, Azerbaydjon, AQSh kabi davlatlarga eksport qilina boshlandi.
Pandemiyaning toʻqimachilik sanoatiga salbiy taʼsini yumshatish, korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda ishchi oʻrinlarini saqlab qolish maqsadida respublikada birinchilardan boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Unga koʻra sanoat korxonalariga bir qator imtiyozlar berildi.
Joriy yilning 5 oylik natijalari
Joriy yil yanvar-may oylarida sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish xajmi 8,3 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,1 %, prognoz koʻrsatkichlari 103 % ga bajarildi. Joriy yil I yarim yilligida Sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarish xajmini 10,2 trln. soʻmga olib chiqib, oʻtgan yil davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,2 %, oʻsishi kutilmoqda.
Pandemiyaning respublika iqtisodiyotiga taʼsirini kamaytirish maqsadida eng avvalo hudularda yangi korxonalarni tashkil etish, aholini ish bilan taʼminlash hamda ularning real daromadlarini oshirish sanoat oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
2020 yilda hududlarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida umumiy qiymati 598,4 mln.dollar (shundan 232,4 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) boʻlgan 53 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida 13575 dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.
Joriy yil 1 iyun holatiga umumiy qiymati 49,8 mln.doll. boʻlgan 12 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, ushbu loyihalarda 2200 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jumladan, Andijon viloyati Andijon shahrida "WBM Textile Group" tomonidan 5,2 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 1200 ta ish oʻrinlari, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida "Newland" MChJ tomonidan 1,5 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 250 ta ish oʻrinlari, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida "Mili Guliston Tekstil " MChJ tomonidan 10,0 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 400 ta ish oʻrinlari, Namangan viloyati Namangan tumanida "Dosso group" MChJ tomonidan 500,0 ming dona etiketka ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi va 50 ta ish oʻrinlari yaratildi.