Pandemiya davrida temir yoʻl orqali yuk tashishga talab keskin koʻpaygan
Xalqaro yuk tashuvlarida temir yoʻlning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, pandemiya davrida temir yoʻl orqali yuk tashishga talab keskin koʻpaygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yoʻlning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni koʻpaytirish uchun yaxshi imkoniyat.
Lekin, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning koʻpligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Shu bois, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

