Pandemiya boʻlishiga qaramay xorijdan Oʻzbekistonga 485 million dollar yuborilgan
Aprel oyida Oʻzbekistonga xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali 235 million dollar yuborilgan boʻlsa, may oyida bu koʻrsatkich 485 million dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2020 yil may oyida Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari hajmi oldingi oyga nisbatan keskin oshgan.
Yanvar-aprel oylarida xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali Oʻzbekistonga tushgan valyuta mablagʻlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 161 million AQSh dollariga (11%) kamayib, 1,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Pul oʻtkazmalari joriy yilning yanvar oyida 400 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, aprelda 250 million dollarga kamaydi.
May oyida Oʻzbekistonga xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali 485 million dollar yuborilgan boʻlsa, aprel oyida bu koʻrsatkich 235 million dollarni tashkil etdi.
Bu jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida chet el valyutasini sotib olish va sotish hajmiga katta taʼsir koʻrsatdi. May oyida aholi tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmi ikki baravar koʻpaydi va xarid hajmi aprel oyiga nisbatan uchdan bir qismga kamaydi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, xalqaro pul oʻtkazmalari hajmi oʻtgan yilga nisbatan 30-35 foizga pasaygan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

