| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi235 marta oʻqildi

Oʻzbekiston boʻylab osh narxlari eʼlon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasining qayd etishicha, narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi.

Oʻzbekiston boʻylab osh narxlari eʼlon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida iyun oyi uchun tayyor palovning oʻrtacha narxlariga oid maʼlumotlarni taqdim etdi.

Kuzatuvlarga koʻra, iyun oyida Toshkent shahrida 1 porsiya palov narxi 16 600 soʻm (may oyiga nisbatan arzonlashgan), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (13 333) va Buxoro viloyatida (16 333) 333 soʻmga, Xorazmda 200 soʻmga (14 200) qimmatlashgan. Samarqand (16 000) va Sirdaryoda (14 167) esa palov narxi arzonlashgan.

Qolgan hududlarda 1 porsiya palov narxi oʻzgarishsiz qolgan: Andijon viloyatida 14 800 soʻm, Qashqadaryoda 16 250 soʻm, Jizzaxda 15 166 soʻm, Navoiyda 13 ming soʻm, Namanganda 11 571 soʻm, Surxondaryoda 11 800 soʻm, Toshkent viloyatida 14 333 soʻm, Fargʻonada 15 250 soʻm.

Shundan kelib chiqib, aprel oyida Toshkent shahrida bir kilogramm (yetti porsiya) osh 116 200 soʻm, Qoraqalpogʻistonda 93 331 soʻm, Andijonda 103 600 soʻm, Buxoroda 114 331 soʻm, Jizzaxda 106 162 soʻm, Qashqadaryoda 113 750 soʻm, Navoiyda 91 ming soʻm, Samarqandda 112 00 soʻm, Surxondaryoda 82 600 soʻm, Sirdaryoda 102 669 soʻm va Xorazmda 99 400 soʻm, Toshkent viloyatida 100 331 soʻm, Fargʻona viloyatida 106 750 soʻmni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasining alohida qayd etishicha, narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi.

"Maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan", deyiladi xabarda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ