“Oʻzbekneftgaz” AJ: 10 noyabrdan boshlab “UNG” yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi orqali sotilayotgan benzin narxi arzonlashdi
“UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham pasayishi haqida maʼlum qildi.

10 noyabrdan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi orqali sotilayotgan, import qilingan AI-95 narxi 6600 soʻmdan 6300 soʻmga arzonlashtirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
“Bizni korxona bozor munosabatlariga toʻliq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi”, – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.
Eslatib oʻtamiz, 15 sentyabrdan boshlab UNG AYoQShlarida import va mahalliy Ai-92 benzini narxi 5500 soʻmga qadar arzonlashtirilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

