“Oʻzbekneftgaz” Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechmoqchi
Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish kutilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida AI-91, AI-93, AI-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va AI-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish, shuningdek, toʻliq Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarishga oʻtish kutilmoqda”, deyilgan xabarda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va ishchi guruh aʼzolari Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurdi.

Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi
Qayd etilishicha, Abdullayev zavod mutaxassislari hamda zavodni modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiruvchi guruh bilan uchrashib, loyiha istiqbollarini muhokama qildi.
Tashrif yakunida investitsion loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun taqdimotni tayyorlab topshirish, shuningdek, FEED loyihasini, shu jumladan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit shartlari boʻyicha takliflarni oʻrganish va joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

