Oʻzbekistonning tashqi qarzi qanchaga yetdi?
Markaziy bank departament direktori oʻrinbosari Otabek Tojiddinov ushbu savolga quyidagicha izoh berdi:

Oʻzbekistonning tashqi qarzi qancha? Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida AOKAda oʻtayotgan matbuot anjumanida MB departament direktori oʻrinbosari Otabek Tojiddinov ushbu savolga izoh berdi:
«Joriy yilning birinchi yarim yilligiga, yaʼni 1 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonning jami tashqi qarzi 27,6 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Bunda:
10,1 mlrd dollar — xususiy sektor hissasiga,
17,5 mlrd dollar — davlat sektori hissasiga toʻgʻri kelmoqda”.
Eʼtiborlisi, soʻngi toʻrt yil ichida jami tashqi qarzlar tarkibida davlat sektori qarzlari keskin oʻsishni koʻrsatyapti. Agar 2016 yilda davlat sektori qarzlari 6.5 mlrd dollarga teng boʻlsa, 2020 yilga kelib bu koʻrsatkich 2.69 barobar oʻsib, 17.5 mlr dollarga yetgan.
Xususiy tashqi qarzni koʻradigan boʻlsa, soʻngi 2016-2019 yillarda oʻsish unchalik katta emas, xatto 2018 yilda pasayish kuzatilgan. 2020 1- yarim yilligida ushbu koʻrsatkich 10.1 mlrd dollarga yetgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

