| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi

Yetti oyda chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln soʻmni tashkil etdi

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida oʻsish surʼatlari kuzatilgan.

Yetti oyda chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trln soʻmni tashkil etdi

Davlat statistika qoʻmitasi 2020 yil yanvar—iyul oylari uchun Oʻzbekistonning chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasiga oid maʼlumotlarni maʼlum qildi.

Unga koʻra, respublika boʻyicha yanvar—iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 103,5 trillion soʻmni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizga kamaygan.

Yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18,8 trillion soʻmni (oʻsish surʼati 23,6 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlarining tovar aylanmasi 84,6 trillion soʻmni (7,3 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 6 trillion soʻmni (37,1 foizga kamaydi) tashkil etgan.

Infografika: Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 1-choragidagi chakana tovar aylanmasi

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida oʻsish surʼatlari kuzatilgan. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida 81,8 foiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari hissasiga va 18,2 foiz yirik korxonalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2019 yilning yanvar—iyul oylariga nisbatan respublikaning Fargʻona (94,5 foiz), Namangan (93,8 foiz), Sirdaryo (93,6 foiz), Xorazm (89,4 foiz) va Surxondaryo (88,5 foiz) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining kamayish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori koʻrsatkichlar Toshkent viloyati (100,7 foiz) va Toshkent shahrida (103,3 foiz) qayd etilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ