Oʻzbekistonning 12 xil meva-sabzavotlari Myanma va Gana bozorlarini egallaydi
Myanma va Gana mamlakatlari bozorlariga Oʻzbekiston mevalarini eksport qilish uchun ruxsatnoma olindi.

Oʻzbekiston meva-sabzavotlariga Myanma va Gana mamlakatlari bozorlari ochildi. Ushbu mamlakatlarga 12 ta mahsulot (gilos, anor, qovun, uzum, limon, oʻrik, olxoʻri, nektarin, xurmo, olma, oʻtkir qalampir, loviya) eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomasi olindi. Bu haqda Eksportchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ayni vaqtda Tailand va Indoneziyaga – gilos, AQShga – uzum va qovun, Misrga – anor, olma va olxoʻri, Hindistonga – anor va olma, Koreya Respublikasiga – uzum, Xitoyga – nektarin, olxoʻri va oʻrik mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomasini olish ustida ish olib borilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

