| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi147 marta oʻqildi

Oʻzbekistonga yarim yil ichida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi

2020 yilning yanvar—iyun oylarida import hajmi 9 570,4 million AQSh dollarini va 2019 yilning mos davriga nisbatan 85,0 foizni tashkil etgan.

Oʻzbekistonga yarim yil ichida 916 mln dollarlik “inomarka”lar import qilindi

Oʻzbekistonga yanvar—iyun oylarida jami 916 million dollarlik aniq sohalar uchun maxsus moʻljallangan mashinalar import qilingan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 467,6 million dollar sarflangan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qoʻmitaning xabar berishicha, 2020 yilning yanvar—iyun oylarida import hajmi 9 570,4 million AQSh dollarini va 2019 yilning mos davriga nisbatan 85,0 foizni tashkil etgan. Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,1 foiz), sanoat tovarlari (16,8 foiz) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (13,7 foiz) hisobiga toʻgʻri keldi.

Avtomobillar, asosan, yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga moʻljallangan transport vositalaridan tashqari) 239,1 million dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus boʻlmagan mashinalar va ularning detallariga 759,8 million dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovoz yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 282,2 million dollar ketgan boʻlsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari uchun 310,9 million dollar sarflangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ